2016 yilning mart oyida, Iroq rekord darajada qora oltin qazib olişga erişgan. Iroqning uşbu natijasi haqida Bloomberg agentligi Iroqning Somo davlat neft kompaniyasi ma'lumotlariga tayangan holda xabar qildi.

Mart oyida neft qazib oliş hajmining ösişi fevral oyi bilan qiyoslanganda bir kunda 2 foizni taşkil etgan.

Ötgan oyda mamlakat qora oltin eksporti 18 foizga oşib, kuniga 3,81 mln barrelni taşkil etgan. Fevral oyida bu körsatkiç kuniga 3,23 mln barreldan iborat bölgan.

17 aprel kuni Dohada OPeK davlatlari va Rossiya örtasida neft qazib oliş miqdorini 2016 yil yanvar oyi körsatkiçida saqlab qoliş masalasi böyiça uçraşuv bölib ötişi rejalaştirilgan.