«Mançester Siti» jamoasi Dortmundning «Borussiya» jamoasi bilan yarimhimoyaçi Ilkay Gyundoganning transferi böyiça kelişuvga erişa olmayapti.
Sky Sports naşrining yozişiça, tomonlar Germaniya terma jamoasi a'zosi bölgan bu futbolçining transferi narxini belgilaşda 10 million yevrolik tafovut qayd etişmoqda. «Siti» futbolçi uçun 35 million yevro taklif qilgan, «Borussiya» esa futbolçisini 45 million yevrodan kamiga bermasligini bildirgan.
Futbolçi germaniyaliklar jamoasi bilan şartnomani uzaytirmadi va u 1 yildan keyin erkin agentga aylanişi mumkin.
Bundan oldinroq, Gyundogan «Siti» rahbariyati bilan oğzaki kelişuvga erişgani va bu jamoaga ötgaç, yiliga soliqlar çiqarib taşlangan holatda 6 million yevro maoş olişi haqida xabar berilgandi.






