Namangan viloyatida xorijiy investorlar iştirokidagi 60 ga yaqin korxona faoliyat körsatmoqda. Uyçi tumani Yorkatay qişloğidagi “Mega tekstil” xorijiy korxonasida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bölmoqda. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.

“Ortasya Tekstil Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi” kompaniyasi ta'sisçiligida 1 million 450 ming dollar miqdoridagi nizom fondi bilan 2010 yilda iş boşlagan korxona paxta xomaşyosidan ip-kalava işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Paxta tolasini taraş, piltalaş, piliklaş, yigiriş va qayta öraş kabi tört bosqiçdan iborat jarayon zamonaviy dastgohlarda bajarilmoqda. Korxonaning yillik işlab çiqariş quvvati örtaça 1080 tonnani taşkil etadi.

– Ötgan yili korxonada 4 milliard 255 million sömlik 800 tonnadan ortiq mahsulot işlab çiqarildi, – deydi korxona direktori Komiljon Mamatçayev. – Mahsulotning qariyb 70 foizi eksport qilindi. 2014 yilda eksport hajmi 676 mingdan ziyod dollarni taşkil etgan bölsa, 2015 yilda bu körsatkiç qariyb ikki barobar oşdi.

Prezidentimizning 2015 yil 24 noyabrdagi “2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantiriş dasturi töğrisida”gi qarori asosida bu yerda joriy yildan boşlab 1 million 800 ming dollarlik istiqbolli loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Loyihaning dastlabki bosqiçida Xitoyning “Jingwei textile machinery co.ltd” kompaniyasida işlab çiqarilgan 11 turdagi zamonaviy jihozlar keltirib örnatiladi. Keyingi bosqiçda esa Italiyaning “Sangiacomo” kompaniyasidan sönggi rusumdagi texnologik jihozlar keltirilib, yiliga 600 ming juft paypoq işlab çiqariş yölga qöyiladi. 2019 yilgaça bosqiçma-bosqiç umumiy qiymati 5 million 409 ming dollarlik modernizatsiya işlari amalga oşiriladi.

Ayni paytda korxonada mehnat qilayotgan 180 dan ortiq işçi-xodimning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoş mutaxassislardir.