Özbekiston hukumati 2016 yil 1 aprelidan boşlab, 2015 yil 1 sentabridan meva-sabzavot mahsulotlarini faqat temiryöl va aviatransport vositasida taşişni belgilab qöygan avgust oyidagi qaroriga özgartirişlar kiritdi.
Unga köra, 2016 yil 1 iyulidan boşlab, yuridik va jismoniy şaxslarga tegişli avtotransport vositalari yordamida meva-sabzavot mahsulotlari, kartoşka, poliz ekinlari va uzumni taşişga yöl qöyiladi. Buning uçun, ularda avtomobil transporti yordamida xalqaro yuk taşuvlarini amalga oşiriş litsenziyasi bölişi talab etiladi.
Umuman, 2015 yilda Özbekistonda dehqonlar mehnati samarasi natijasida jami 12 million 592 ming tonna meva-sabzavot hosili olingan. Jumladan, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetiştirilgan.
Vazirlar mahkamasining yanvar oyida bölib ötgan kengaytirilgan majlisida, davlat rahbari uşbu ma'lumotlarni keltirgan edi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, sönggi yillarda mamlakatdan yiliga örtaça 550-600 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.






