Rossiya Davlat dumasi Xalqaro masalalar qömitasi rahbari Aleksey Puşkov AQŞ prezidenti Barak Obamaning Liviyadagi davlat töntarilişi haqidagi fikrlariga munosabat bildirib, u öz xatosini yuviş uçun liviyalik bolalarga özining Nobel mukofotini (Tinçlik yönalişida) berişi kerakligini aytdi. Bu haqda rossiyalik deputat öz tvitterida yozgan.

"Agar Obama haqiqatdan ham Liviyaga qöşin kiritiş haqidagi qaroridan afsusda bölsa, uzri ifodasi sifatida Nobel mukofotidan voz keçişi va uni liviyalik bolalarga berişi kerak", deydi u.

Puşkov amerikaliklar 2011 yilda Liviyadagi ğalabadan keyin qanday qöşiq kuylaşganini xotirlagan.

"Endi ular motam qöşiğini kuylaşlari kerak", deya qöşimça qilgan Puşkov.

Uning aytişiça, agar Liviyadagi uruş Obama ma'muriyatining eng katta xatosi bölgan ekan, bu uruş taşkilotçisi bölgan Hillari Klinton mamlakatning keyingi prezidenti bölişga haqli emas.

Bundan oldinroq, Obama Liviyaga bostirib kiriş qarorini özining eng mudhiş xatosi deb atagani haqida xabar berilgandi.

U Liviya yetakçisi Muammar Kaddafini 2011 yilda taxtdan ağdariş operatsiyasi oqibatlari aniq rejasining yöqligini özining prezidentlik davridagi eng mudhiş xatosi bölganini tan oldi.