Şahzoda Uilyam va malika Keytning Hindistonga bir haftalik safari noxuş holat bilan boşlandi. Juftlik Hindistonning eng maşhur diqqatga sazovor joyi Toj-Mahal ehromida suratga tuşmoqçi böldi. Hozirda ehromda rekonstruksiya işlari bormoqda va şuning uçun u quriliş havozalari bilan öralgan. Kembrij gersog va gersoginyasi surat mukammal çiqişi uçun havozalarni olib turişni iltimos qilişdi.

Biroq juftlikning bu iltimosi hind hukumati tomonidan betakalluflikdek qabul qilinib, ularning ğazabini keltirdi, Hindiston jamoatçiligi va OAV esa britan şahzodasi nomiga ğazabini soçdi, deb yozmoqda Mirror.

Hindistonda hali ham Buyuk Britaniya tomonidan hind hududlari mustamlaka qilingan zamonlar esdan çiqmagan va mamlakatda britaniyaliklarning öz xohişini ötkazişga urinişi oğriqli qabul qilinadi.

Bu orada matbuotga juftlikning Hindistonga safarini Tata Steel hind kompaniyasi moliyalaştirgani haqidagi ma'lumot çiqib ketdi. Kompaniya bundan avvalroq minglab xodimlarini qisqartirişini ma'lum qilgandi. Uilyam bu holat bilan boğliq mojaro yuzaga kelmasligi uçun özining safari dasturini undan kompaniya bilan boğliq barça tadbirlarni olib taşlaşni talab qilgan holda özgartirdi.