Rossiya IIVning kinologiya xizmati böyiça markazida Moskva bölimiga rahbarlik qiluvçi Yelena Xaykovaning ma'lum qilişiça, futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionati xavfsizligini ta'minlaş maqsadida itlar tayyorgarlik ötamoqda.

Uning aytişiça, bunday itlar stadion hududlarida örnatilişi mumkin bölgan portlovçi qurilmalarni izlaşga tayyorlanadi.

"Hozirça biz öz bazamizda tayyorgarlik körmoqdamiz. Turnir yaqinlaşganida işlar öyinlar ötkaziladigan stadionlarda olib boriladi. Itlar xavfli portlovçi qurilmalarni tezkorlik bilan topişga örgatiladi.

Mundial vaqtida kinologlar Moskvadagi «Spartak», «Lokomotiv», TsSKA jamoalari stadionlarida, şuningdek «Lujniki» stadionida qorovullik qilişadi. Öyinlar vaqtida stadion atrofidagi politsiya halqasi bilan birga kinologlar hamrohligidagi itlar ham böladi. Biz muzlislar va sportçilar xavfsizligini ta'minlaş böyiça harakatlarni boşlaganmiz.

Turnir boşlanişidan yakunlanişigaça, öyinlar ötkaziladigan barça şaharlardagi stadionlarda xavfsizlik şaroitlari ta'minlanadi", deya Xaykovaning sözlarini keltiradi M24.