«Volfsburg» jamoasi boş murabbiyi Diter Xekking Madridda YeÇLning çorak finali doirasida «Real»ga qarşi ötkaziladigan javob uçraşuvi (birinçi bahsda 2:0 hisobidagi ğalaba qayd etilgan) oldidan matbuot anjumanida iştirok etdi.
«Biz birinçi uçraşuvda hurmatga loyiq öyin namoyiş etdik. Javob uçraşuvidan söng, bizni hurmat qiladiganlar soni keskin ortişi mumkin. Barçasi özimizga boğliq. Biz öz öyinimizni körsatmoqçimiz, stadionga kimning qança muxlisi kelişi ahamiyatga ega emas.
Bizga yana bir marta favqulodda ajoyib kun kerak va biz Çempionlar Ligasidagi yurişimizni davom ettirişni istaymiz. Topşiriqni ado etişni kutib sabrimiz çidamayapti. Biz bu tösiqdan ötsak, tarixga kirişimiz mumkinligini juda yaxşi anglab turibmiz», – deydi Xekking.






