Agar Buyuk Britaniya fuqarolari referendumda mamlakatning YeI tarkibidan çiqişiga ovoz berişsa, Amerikaning Goldman Sachs bankining Londonda qurilayotgan Yevropa ştab-kvartirasi ança böşab qolişi mumkin. Bu haqida The Wall Street Journal ma'lum qildi.

Naşrning izoh berişiça, agar Buyuk Britaniya YeIdan çiqsa, u holda bu yerda Şveytsariya, Osiyo va Amerika kompaniyalari, şu jumladan banklarining ştab-kvartiralari joylaştirilişi öz mohiyatini yöqotadi: mamlakat blokdan ajraladi va şunga muvofiq bu korxonalar Yevropa bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyatini yöqotadi.

Bugungi kunda Buyuk Britaniya Yevropaning moliyaviy derivativlar va valyuta bilan savdo qiluvçi markazi hisoblanadi. Mamlakatdagi bank aktivlarining yarmi - 9,8 trillion dollar Britaniya muassasalariga tegişli emas.

"Goldman Sachs banki Britaniyaning YeIdan çiqişiga keskin qarşilik qiladi", deb yozadi The Wall Street Journal.

"Mana uç yildirki, ular bunday qarorning salbiy tomonlari haqida yozma ravişda ogohlantiradi. Undan taşqari bank bu yölda 700 000 dollar sarfladi.

Birlaşgan Qirollik uçun mamlakatdagi moliyaviy xizmatlar sanoatini saqlab qoliş muhim. Bu sohani nima bilan almaştiriş mumkinligini bilmayman", - dedi Goldman Sachs prezidenti Gari Kon.