Xorijiy OAVda Gollivudning eng maşhur aktyorlaridan biri Xarrison Fordga öz rafiqasini döpposlaş aybi qöyilgani haqidagi ma'lumotlar paydo böldi. Biroq keyinroq aniqlanişiça, aktyor xatolik tufayli Kaliforniyadagi Xantington-Biç şahri politsiyasi ma'lumotlar bazasiga tuşib qolgan.

Aniqlanişiça, "Yulduzlar janglari" filmidagi Xan Solo rolining maşhur ijroçisi ismi va pasporti raqamini ma'lumotlar bazasiga amaliyot ötayotgan politsiyaçi maşğulotlar vaqtida kiritgan. Politsiyaçi ma'lumotlarni kiritiş şaklini biror bir ma'lumotlar bilan töldirib, keyin ularni öçirib taşlaşi kerak bölgan. Biroq u ma'lumotlarni kiritişga kiritganu, ularni nimagadir öçirmagan. Oqibatda soxta ma'lumot haqiqatga aylanib ketgan.  

Bu orada huquq-tartibot muassasalari bu ma'lumotga tayanib, Fordning hibsga olinişiga order yozişga ham ulgurişgan. Biroq iş bungaça bormadi, deb xabar bermoqda TMZ naşri.

"Yulduzlar janglari"ning boşqa bir yulduzida haqiqatda ham qonun bilan haqiqiy muammolar vujudga keldi. Filmning 1999 yilda çiqarilgan qismida Enakin Skayuokerning yoşligini ijro etgan 27 yoşli Jyeyk Lloyd avtomobilda tezlikni oşirgani va politsiyaning töxtaş haqidagi talabini bajarmagani uçun panjara ostiga tuşdi. Unga şizofreniya taşxisi qöyilib, psixiatrik şifoxonaga davolaniş uçun ötkazilgan.