Mixael Şumaxer 1992 yil özining ilk ğalabasini qölga kiritgan Formula-1 bolidi Benetton B191B Bonhams auksion uyi tomonidan kimoşdi savdosiga qöyildi. Uning boşqaruv çambaragida yetti karra jahon çempionining imzosi tuşirilgan. Maşina 220-280 ming yevroga baholangan.

Maşina 1991 yilgi jahon çempionatida qatnaşgan Benetton B191’ning takomillaştirilgan versiyasini özida mujassamlaştirgan. Aynan öşa maşina 1991 yilda Vengriyada ötgan jahon çempionatida ilk bor qatnaşgan. Öşanda uni uç karra jahon çempioni Nelson Pike boşqargan edi. Aynan şu bolidda braziliyalik poygaçi Avstraliyada ötgan joriy mavsumda öz karerasini yakunladi.

1992 yilda maşina qayta işlandi. Dastlab uni Martin Brandlu boşqardi, söngra u 23 yoşli Şumaxer ixtiyoriga ötdi. Öşanda u Meksikada ötgan Gran-prida uçinçi örinni qölga kiritadi. Söngra Braziliyada ötgan poygada natija qayta takrorlanadi va avtomobil musobaqalarda iştirokini töxtatadi.