Mossack Fonseca’da röyxatdan ötgan ofşor kompaniyalarining boşqaruvçilaridan biri Vianka Skott 10 yil avval vafot etgan bölsa-da, boşqaruvçilar orasida nomi bölgan. Bu haqda The Sunday Times naşri xabar bermoqda.

Panama kompaniyasining 10 361 nafar boşqaruvçisi qatorida nomi tilga olingan Vianka Skott "Panama hujjatlari"dagi ma'lumotlarga köra, 10 yildan köproq vaqt avval vafot etgan.

Biroq bu holat Skottga tegişli boşqaruvçilik vazifalarining bekor qilinişi uçun tösiqlik qilmagan: uning nomidan hujjatlar "imzolangan", ayol qoğozda rahbar organlarning yiğilişlarida "iştirok etib kelgan" va hattoki kompaniya kotibi sifatida ham "saylangan".

Ta'kidlanişiça, boşqaruvida 7 ming tadan köproq kompaniya bölgan Panama kompaniyalarining boşqa bir boşqaruvçisi Ivett Rojyers Panama yaqinidagi örmonda ikki xonali kulbada yaşaydi. Ayol jurnalistlarning savollariga javob berişdan boş tortgan.

Avvalroq Panama ofşor sxemalarga qarşi kuraşda yetakçilikni öz zimmasiga olişga tayyorligi ma'lum qilingandi.