Ötgan dam oliş kunlari qozoğistonlik çegaraçilar Qozoğiston-Özbekiston çegarasida noqonuniy yuk va giyohvand moddalar aniqladilar. Bu haqda Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi çegara xizmati rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Qozoğistonning Sariağoç çegara otryadining "Saryagaş j.d." ötkaziş punkti naryadi "Moskva-Toşkent" yönalişidagi poyezdning uçta vagonida kontrabanda yuki – xalq iste'moli mahsulotlari – 43 kilogrammlik oziqaviy qöşimçalar va 8 kg atir-upa aniqlaşdi. Uşbu holatdan Janubiy Qozoğiston viloyati huquq-tartibot muassasalari vakillari xabardor etildi. Taftiş uçun poyezdda yölboşlovçi bölib işlagan Özbekistonning 3 nafar fuqarosi tuşirib qoldirildi.

Şu kunning özida xizmat iti yordamida Özbekistonning 29 yoşli fuqarosi qölga olindi. Uning qöl yuki tekşirilganda 200 grammga yaqin öziga xos hidga ega bölgan yaşil rangdagi ösimlik – marixuana bölişi taxmin qilinayotgan modda aniqlangan. Qölga olingan şaxs temir yöl izlariga xizmat körsatuvçi işçi bölgan.

Şuningdek, qozoğistonlik çegaraçilar şu çegara otryadining "Jibekjoly avto" ötkaziş punktida xizmat iti yordamida Özbekistonning 33 yoşli yana bir fuqarosini qölga olişdi. Uning yonida ham marixuana aniqlangan. Qölga olingan kimsa Qozoğistondan Özbekistonga piyoda ketayotgan bölgan. U tekşirilganda, paypoği içiga 53 gramm atrofidagi marixuana moddasini yaşirmoqçi bölgan. Uşbu haqda tegişli idoralarga xabar berildi.