2016 yil mart oyida Qozoğiston Milliy banki içki valyuta bozorida intervensiyalar ötkazdi, ularning hajmi xorijiy valyutani sotib oliş körinişida 1 235,95 mln AQŞ dollarni taşkil qildi, deb xabar bermoqda Milliy bank matbuot xizmati.

Valyuta intervensiyasi biror davlat milliy bankining valyuta bozori va valyuta kursiga ta'sir qiliş uçun qaratilgan ta'siri bölib, bank tomonidan xorijiy valyutaning katta partiyasini sotiş yoki sotib oliş bilan amalga oşiriladi.

Milliy bankning valyuta bozoridagi iştiroki uluşi 41,7 foizni taşkil qildi. Bunday operatsiyalarni amalga oşiriş zarurati AQŞ dollariga past talab va uni sotişga taklifning ösişi örtasidagi mavjud disbalans tufayli yuzaga kelgan.

Xorijiy valyutani sotiş taklifining ösişi neft narxining barqarorlaşişi va Rossiya rublining dunyo valyutalariga nisbatan mustahkamlanişi ortida tanganing jozibadorligi oşişiga xizmat qildi.

Banklarning xorijiy valyutani tangaga ayirboşlaş operatsiyalari hajmi oşgani ham kuzatilmoqda.

Aholining valyutaga nisbatan munosabati ham özgardi. Naqd xorijiy valyuta bozorida fevralda 10 yil içida birinçi marta aholi tomonidan AQŞ dollari sotilişi uni
sotib oliş hajmidan köproqni taşkil qildi.

Xorijiy valyutaga joriy taklif içki tizimli xarakterga ega bölib, tanganing keskin mustahkamlanişiga olib kelişi mumkin.

Tanganing ayirboşlaş kursining bunday özgarişi tölov balansi va umuman iqtisodiyotga salbiy ta'sir körsatadi va milliy mahsulot işlab çiqaruvçilar uçun raqobatçilik şaroitlarini yomonlaştiradi.

Qayd etiş joizki, 11 apreldagi ertalabki savdolarda tanga kursi sezilarli ösiş namoyon qildi.