Şvetsiyada mamlakatga köp sonda qoçqinlar kelgani sababli "şaxsiy raqam" deb ataluvçi individual identifikatsion raqam (IIR) tugab qoldi. Şvetsiyada bu raqam milliy iftixor predmeti hisoblanadi. Şvetsiya birinçilardan bölib öz fuqarolariga IIR berişni 1974 yildayoq kiritgan. Ayni vaqtgaça tizim soz işlab kelayotgan edi, biroq raqamlar yetişmayotgani bilan boğliq muammolar vujudga keldi.
Amaldagi IIR 10 ta raqamdan iborat bölib, uning birinçi 6 raqami şaxsning tuğilgan sanasini, qolgan törttasi esa jins kabi qöşimça ma'lumotni saqlovçi "nazorat soni"dan iborat. 1991 yilgaça şaxsiy raqam böyiça uning egasining tuğilgan joyini (ma'muriy birlikni) ham biliş mumkin bölgan.
Tizim boşidan kuniga yangi tuğilganlarga mingta şaxsiy raqamni berişga möljallangan bölgan. Bu miqdor yetarliça zaxira bilan berilgan, çunki hozirda Şvetsiyada kuniga örtaça 500 nafar çaqaloq dunyoga keladi. Biroq heç kim Şvetsiya Yevropada aholi jon boşiga töğri keladigan muhojirlar soni böyiça birinçi örinni egallaşini xayoliga keltirmagandi. Bundan taşqari, şaxsiy raqamni beruvçi Soliq boşqarmasida ta'kidlanişiça, Şvetsiyaga kelayotgan qoçqinlarning vatanlarida fuqarolarni hisobga oliş tizimi yaxşi rivojlanmagan.
Köplab muhojirlar öz haqlarida istalgança ma'lumotlarni beradilar va ularga işonişga töğri keladi. Misol uçun, bir neça yillar davomida mamlakatga kelgan afğonistonlik va eronliklar özlarining tavallud sanalari sifatida 21 mart – Navröz nişonlanadigan kunni aytişgan.
Şaxsiy raqamlar bilan boğliq muammo haqida 2007 yildayoq gapirila boşlangan. Endi bölsa bu haqda baralla bong urilmoqda. Tizimga raqam yetişmayapti. "Agar tuğilgan kun 1 yanvar bölsa, lekin raqam tugagan bölsa, endi 2 yanvar deb yozamiz, agar uniyam yoza olmasak, 3 yanvar deb yozamiz va h.k.", deb vaziyatni tuşuntirmoqda Soliq boşqarmasi xodimi Ingegerd Videl "Dagens nyuxeter" gazetasiga bergan intervyusida. Biroq fuqaroning tuğilgan kuni Şvetsiyada muhim körsatkiç hisoblanadi: unga saylovlarda iştirok etiş huquqi, spirtli içimlik xarid qiliş, haydovçilik guvohnomasini oliş boğliq.
Vaziyat şaxsiy raqamga yana bitta raqamning qöşilişi bilan hal qilinişi mumkin edi (1967 yilda IIR 9 ta raqamdan iborat bölgandan şunday qilingan), biroq buni mamlakat doirasida amalga oşiriş juda qiyin keçişi ta'kidlanmoqda.
Şvetsiyaning aholini hisobga oliş modeliga butun dunyoda qiziqiş bilan qaraladi, biroq mahalliy mutaxassislar uning kamçiliklari borligini aytişadi. "Biz Şvetsiyada mavjud tizimdan örnak olmaslikni tavsiya qilamiz", deb aytmoqdalar ular.






