Dunyodagi eng yirik aviataşuvçilardan biri Singapore Airlines ayol uçuvçilarni işga olişga kirişdi. Jamoatçilik böyiça boşqarma boşliği Nikolas Lonidasning ma'lum qilişiça, ayol kursantlar kompaniyada xizmat qiliş uçun deyarli bir yildan beri Singapur va Avstraliyada şu yönalişda saboq olişmoqda.

Aviakompaniya vakili aynan neça nafar ayol uçuvçi işga qabul qilinişiga oydinlik kiritmadi.

Bugungi kunga kelib, Singapore Airlines uçuvçilarining soni ikki ming nafarni taşkil qiladi.

Manbada aytilişiça, "eng yaxşilar tanlab olinadi, jinsga doir heç qanday çegirmalar bölmaydi".

Samolyot şturvallaridagi erkak uçuvçilar ayollarning ularga hamkasb bölişlarini birdek qabul qilmayaptilar. Kimdir ularga imkon beriş kerakligini aytsa, boşqasi bunga salbiy qaraşini bildirmoqda.