Suriyada 4 nafar eronlik harbiy xizmatçi halok bölgan. Bu haqda Tasnim axborot agentligiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

"Bundan bir hafta oldin Suriyaga harbiy maslahatçilar sifatida Eron harbiy kuçlari bölinmasi safida kelgan 4 harbiy halok bölgan. Ulardan biri qömondon Mosen Kitaslo ekani ma'lum. Qolgan qurbonlarning şaxsi aniqlanmagan", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Eron Milliy xavfsizlik xizmati kengaşi kotibi Suriya prezidenti Başar Asadni Palmiraning IŞIDdan ozod qilingani bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi.

Şuningdek, Eron Suriyada terrorizmga qarşi kuraşdagi iştirokini davom ettirişini ma'lum qilgan.