"Ba'zi siyosatçilar öz manfaatlarini davlat va jamiyatnikidan ustun qöyadilar", deb aytdi Qirğiziston boş vaziri lavozimidan ketiş haqida ariza bergan Temir Sariyev hukumatining navbatdan taşqari majlisida.
Temir Sariyev 11 aprelda Qirğizistonda Baliqçi-Qöramdu avtomobil yölini quriş böyiça tender natijalari ma'lum qilingandan keyin Qirğiziston hukumatida yuzaga kelgan mojaro sababli iste'foga ketişga ariza berdi.
Sariyevning aytişiça, deputatlar parlament minbarini öz manfaatlari yölida işlatadilar. Sariyevning fikriça, bu deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlanadigan kompaniyalar tenderlardan öta olmagan, şuning uçun ular hukumatni yomon otliq qila boşlaşgan. "Ularni davlat qiziqtirmaydi. Ular davlat maşinasini öz manfaatlari yölida işlatadilar. Qanot Isayev uning "Imperiya grupp" kompaniyasi Baliqçi-Qöramdu avtomobil yölini quriş böyiça tenderda iştirok etişini istagan, biroq ariza berilmagan. Moliya vazirligi bu kompaniyani umuman nohalol kompaniyalar qatoriga kiritmoqçi bölgan. Bu kompaniya pullarni olib, öz işini bajarmagan holatlar bölgan", deb aytdi Temir Sariyev.
"Deputatlar komissiyasi köplab protsessual kamçiliklar topgan. Biroq har bir holat hujjat bilan isbotlanişi kerak. Qonun ustuvorligi siyosiy elita tomonidan öz manfaatlari yölida qöllanadi. Bunday bölişi mumkin emas. Köplab qarorlarni tiğizlikda qabul qilganmiz. Öşanda men bu uçun javobgarlikni şaxsan öz zimmamga olganman. Biroq barça qarorlar qonuniy va davlat manfaati yölida qabul qilingan. Deputatlar komissiyasi işiga kelsak, barça taşabbus Isayevdan çiqqan. Qarorlar bir tomonlama qabul qilingan. Eng murakkab vaziyatlarda men çekinmaganman. Ötgan haftada mamlakatda siyosiy iqlim keskin özgardi. Men öz qaraşlarimni doimo himoya qilganman va heç qaçon ortga çekinmayman. Davlat manfaatlari va jamiyatdagi barqarorlik men uçun barçasidan ustun. Men bu prinsipimga butun umrim davomida sodiq qolaman. Barça asossiz ayblovlarga aniq işlar bilan javob berişim mumkin", deb qöşimça qildi Sariyev.






