12 aprel kuni Yamanning Adan şahridagi futbol öyingohi röparasida portlaş sodir etilgan. Reyter agentligi ma'lumotiga köra, portlaş natijasida 4 kişi halok bölgan va 8 kişi jarohatlangan.
TASS agentligining ma'lumotiga köra, qurbonlar soni 5 nafar.
Guvohlar bu portlaş xudkuş jangari özini portlatişi orqali sodir etilganini aytişgan. Taxmin qilinişiça, terakt maqsadi harbiy xizmatga ketayotgan yoşlarni yöq qiliş bölgan.
Hozirça heç qaysi taşkilot bu terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi.
Politsiya hodisa tafsilotlarini örganmoqda.
Yamanda 2014 yilning avgustidan buyon hukumat tarafdorlari va isyonçi husiylar örtasida ziddiyatlar davom etib kelmoqda. Sobiq prezident Ali Abdullaning tarafdorlari tomonidan taşkil etilgan "Ansor Alloh" nomli şia guruhi mamlakatning amaldagi prezidenti, sunniylar vakili bölgan Abd Rabbo Mansur Hodiyni poytaxt Sanodan quvib yuborişgan. Isyonçilar ayni vaqtda mamlakatning ğarbiy qismida nazorat örnatişgan. Qonuniy prezidentni qöllab-quvvatlaş uçun 2015 yilning 26 martida Yamanda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi harbiy koalitsiya kuçlari husiyçilarga qarşi amaliyotlar ötkaza boşladi.
Ayni vaqtda mamlakat hududida "Al-Qoida" va "Jibhod an-Nusra" ham öz faoliyatini kengaytirib bormoqda.
Arab koalitsiyasi isyonçilarni mamlakatning ikkinçi yirik şahri Adandan surib çiqargan va ayni vaqda qonuniy hukumat aynan şu şaharda joylaşgan.
Eron tomoni koalitsiya amaliyotlarini genotsidga tenglaştirgan.
BMT ma'lumotlariga köra, ötgan vaqt içida 6,5 mingdan ortiq kişi Yamandagi nizolar qurboniga aylangan va 30 mingdan ortiq kişi jarohatlangan.






