Özbekistonning ŞHTga raisligi tufayli taşkilot bilan hamkorlik doirasida 13 aprel kuni Toşkent şahrida taşkilot Xavfsizlik kengaşi kotiblarining ön birinçi uçraşuvi boşlandi. Uçraşuvlar 14 aprel kuni ham davom ettiriladi.
"2016 yilning 13 aprel kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Toşkent şahriga navbatdagi ŞHTga a'zo davlatlarning Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining uçraşuvida qatnaşiş uçun taşrif buyurgan Şanxay hamkorlik taşkilotining boş kotibi Raşid Alimovni qabul qildi", deyiladi TIV sayti xabarida.
Uçraşuv iştirokçilari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolari, Markaziy Osiyo, Afğoniston va ŞHT hududidagi vaziyat, terrorçilik, ekstremizm va narkotrafikka qarşi kuraş muammolarini muhokama qilişadi.
Eslatib ötamiz 8 aprel kuni Toşkentda ŞHT qoşidagi Mintaqaviy aksilterror tuzilma kengaşi yiğini ötkazilgandi.
Joriy yilda Özbekiston ŞHTda raislik qiladi va şu munosabat bilan taşkilotning navbatdagi sammiti Toşkentda 23-24 iyun kunlari bölib ötadi. Uşbu sammit natijalaridan biri ŞHTga Hindiston va Pokistonning qöşilişi bölişi mumkin.
2016 yil uçun ŞHTning kotibi etib Tojikistonning Xitoydagi sobiq elçisi Raşid Alimov tayinlangan.






