Amsterdamning Sxipxol aeroportida politsiya portlovçi modda aniqlamadi. Avvalroq binodan odamlar qisman evakuatsiya qilingan, aeroport politsiyaning yaxşi qurollangan otryadlari bilan örab olingandi.
Mahalliy BNO News agentligining xabar berişiça, evakuatsiya aeroport binosida şubhali sumkaga ega erkak uşlangandan keyin boşlangan.
Agentlik ma'lumotlariga köra, politsiya sumka egasining şerigi deb ehtimol qilingan yana 6 kişini qölga olgan. Ulardan 2 nafari aeroport hududida, Belgiya raqamlariga ega maşinada bölgan qolgan 4 nafari aeroport yaqinida uşlangan. Ularning barçasi birozdan keyin qöyib yuborilgan. Sumka egasi hibsda uşlab turilibdi.
Bu orada politsiya sumkani robot-sapyor yordamida tekşirib çiqdi hamda unda portlovçi modda bölmagani aniqlandi. Mahalliy vaqt bilan 01.30 da aeroport yana töliq oçilgan. Uşbu voqea aviaaloqaga ta'sir qilmagan.






