AQŞ jahondagi mavjud mojarolarga barham beriş barobarida özining asosiy ustunligi- iqtisodiy salohiyatini saqlab qolişni ham yoddan çiqarmaydi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Los-Anjyelesdagi Tinç okeani xalqaro siyosat kengaşidagi ma'ruzasida bayonot berdi.
"Garçi qator "muzlatilgan" va yangi ziddiyatlar mavjudligiga qaramay, har qaçon va har yerda iqtisodiy qudratimizni saqlab qoliş asosiy vazifamiz bölib qolaveradi. U bizning jahon bozoriga bevosita ta'sir etiş manbaimizdir. Biz erişişni xohlagan maqsadlarimiz yölida iqtisodiy siyosat yuritamiz. Bu sohada Trans-tinç okeani iqtisodiy hamkorligi doirasida muzokaralar ötkazib, uni hayotga tatbiq etiş bizning yetakçiligimizni ta'minlaydigan manbalardan biridir", degan Jon Kerri.
Davlat kotibining ta'kidlaşiça, "u lavozimini egallagandan beri, taşqi siyosat bu iqtisodiy siyosat, iqtisodiy siyosat bu taşqi siyosat, deya takrorlab keladi".
Jon Kerri öz çiqişida, jahondagi muammolarga zamon közi bilan qaraş muhimligini aytar ekan, Amerikaning öziga xosligini yana bir marotaba takrorladi.
"Sönggi yillarda Amerika iqtisodiyoti qayta oyoqqa turdi. Xususiy sektordagi iş joylari, barça sanoati rivojlangan davlatlardagi iş joylaridan köpdir. Işsizlik darajasi 5 foizni taşkil etmoqda. Yaqin-yaqinlarda ham orzu qiliş mumkin bölgan energetik mustaqillik haqiqatga yaqin turibdi. Amerika kollej va universitetlari hamon dunyoning eng yaxşi ta'lim muassasalari hisoblanadi, olimlar va muhandislarimiz eng köp kaşfiyot, ixtirolar qilişmoqda", - deb ta'kidlagan Kerri.
U, şuningdek, AQŞ qurolli kuçlariga ham töxtalib, "Amerika harbiylari eng yaxşi jihozlangan, jangovar tayyorgarligi yuqori armiya askarlaridir" deya, ularga yuqori baho bergan.






