Kiyevda elektromobillar uçun birinçi ikkita tezkor quvvatlaş stansiyasi oçildi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.

Ta'kidlanişiça, stansiyalar elektrokar akkumulyatorini 50 foizga 15 daqiqada, yarim soatda esa 80 foizgaça quvvatlaşga qodir.

Tezkor quvvatlaş stansiyalari turli xildagi batareyalarga ega bölgan ikkita elektrokarga bir vaqtda quvvatlaniş imkonini beradi. Bunda avtomobil egasi beriladigan quvvat uçun özi çeklovlar örnatişi mumkin. Quvvatlaş uçun tölov kartalari orqali hisob-kitob qiliş mumkin.

2016 yil boşida Ukrainada rasman 568 ta elektrokar qayd qilingan.