Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev Toşkentda 13-14 aprelda bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti davlatlari xavfsizlik kengaşi kotiblari uçraşuviga keladi, deb xabar berdi Rossiya Xavfsizlik kengaşi matbuot xizmati. Bu haqda Sputnik naşri xabar bermoqda.
"Nikolay Patruşev 13-14 aprelda Toşkentda Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar xavfsizlik kengaşi kotiblarining XI uçraşuvida iştirok etadi", deb aytildi matbuot xizmati xabarida.
Uçraşuv iştirokçilari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolari, Markaziy Osiyo, Afğoniston va ŞHT hududidagi vaziyat, terrorçilik, ekstremizm va narkotrafikka qarşi kuraş muammolarini muhokama qiladilar.
Joriy yilda Özbekiston ŞHTda raislik qiladi va şu munosabat bilan taşkilotning navbatdagi sammiti Toşkentda 23-24 iyun kunlari bölib ötadi. Uşbu sammit natijalaridan biri ŞHTga Hindiston va Pokistonning qöşilişi bölişi mumkin.
2016 yil uçun ŞHTning kotibi etib Tojikistonning Xitoydagi sobiq elçisi Raşid Alimov tayinlangan.






