Şayxontohur tuman IIB huquqbuzarliklarining oldini oliş bölimi voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi guruhi inspektori Şahzod Isroilov (ism-familiyalar özgartirilgan) “Azizbek Pay Mobile” xususiy korxonasiga qaraşli kompyuter xizmatlari körsatiş tarmoğiga tekşiriş uçun kirib, uşbu kompyuter öyingohidagi kompyuterlardan birida “Özbekkino” Milliy agentligi tomonidan taqiqlangan kino mahsulotlari mavjudligini rökaç qilib, narxi 4 mln. 250 ming söm bölgan protsessorni heç qanday hujjatlarni rasmiylaştirmasdan olib ketadi. Bu haqda “Huquq” naşri xabar bermoqda.
Olib ketilgan kompyuter protsessori yuzasidan heç qanday hujjat rasmiylaştirmagan va unga tegişli tartibda röyxatdan ötkazmagan bölsada, protsessor xotirasidagi kino mahsulotlarini ekspertezadan ötkazib, xulosa natijalari bilan korxona vakili Murod Mirolimovni qörqitiş maqsadida öz vakolat doirasidan çetga çiqadi. Ya'ni u Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga xat tayyorlab, tuman IIBdagi “Çiqiş hujjatlarini hisobga oliş jurnali”dan röyxatdan ötkazib, protsessorni ekspertizaga topşiradi. Kompyuter xotirasidagi “Bleyd” va “Sumerki” nomli xorijiy kinofilmlar şafqatsizlik, zöravonlik, va vahşiylikni tarğib qilgani bois, “Özbekkino” Milliy agentligi ekspert baholaş komissiyasi tomonidan “Respublika hududida namoyiş etiş, ijaraga beriş, köpaytiriş va sotişga tavsiya etib bölmaydi, deb topilgan filmlar röyxati”ga kiritilgani haqida ekspertiza xulosasini oladi.
Şundan söng u M.Mirolimovni çaqirib, ekspertiza xulosasi bilan taniştiradi. Unga nisbatan MJtKning 1891-moddasi bilan ma'muriy javobgarlik haqida iş qözğatilişini, işni sudga yuborib, unga nisbatan eng kam iş haqining 50 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima solinişi hamda “Azizbek Pay Mobile” xususiy korxonasiga tegişli barça mol-mulklar davlat foydasiga musodara etilişini ta'minlaş bilan qörqitadi. Uşbu çoralarni körmaslik evaziga esa undan 1500 AQŞ dollari berişini talab etadi. Oradan uç kun ötib Ş.Isroilov undan qonuniy çora körmaslik va kompyuter protsessorini qaytarib beriş evaziga 1000 AQŞ dollarini olayotganida qölga olindi.
Sud sudlanuvçi Ş.Isroilovga 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.






