«Volfsburg» jamoasi boş murabbiyi Diter Xekking YeÇL çorak finalining javob uçraşuvida «Real»dan qabul qilingan 0:3 hisobidagi mağlubiyatdan keyin öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Börilar» jamoasi birinçi uçraşuvda 2:0 hisobida ğalaba qozongan, ammo javob uçraşuvida Kriştianu Ronaldu 17 daqiqadayoq 2ta gol urdi.
«Biz öyinning dastlabki 20 daqiqasida röy bergan voqealarga tayyormas edik. Ronaldu uçinçi golini "jonli devor"dagi tirqişdan urdi, jarima zarbalarida bunga yöl qöymaslik kerak. Ikkinçi bölimda birinçi uçraşuvdagi ğalabamizga sabab bölgan öynimizni körsata oldik», — deya Xekkingning sözlarini keltiradi DW.






