Bryusseldagi teraktlardan keyin Belgiya tomonidan bildirilgan, umumevropa MRB (Markaziy razvedkasi boşqarmasi) yoki FQB (Federal qidiruvlar byurosi)ni yaratiş ğoyasini hozirça amalga oşirib bölmaydi. Buni Belgiya içki işlar vaziri Yan Yambon Le Figaro fransuz gazetasida çop etilgan intervyuda tan oldi.

"Bir qator davlatlar, yirik davlatlar ham bu ğoyaning amalga oşirilişiga qarşi çiqdilar. Biz albatta bu haqda mukammal narsadek orzu qilişimiz mumkin, biroq buning amalga oşişini kutmasa böladi. Şuning uçun bor imkoniyatimiz bilan harakat qilişimizga töğri keladi. Ğoyaning özi munosib hisoblanadi, biroq ayni vaqtda norealdir. Va bu Yevropa oldinga juda sust sur'atlar bilan borişni davom ettirayotganidan darak beradi", deb aytdi Yambon.

Yambon şu bilan birga "teraktlar sodir bölayotgan paytda fikrlar, kayfiyatlar tez özgarişini" ta'kidlab ötdi.

Yambon, şuningdek, "ayni vaqtda Belgiya va Yevropaning köplab davlatlari uçun terrorçilarning aholi tomonidan qöllab-quvvatlanişini kamaytiriş masalasi dolzarbroq bölib qolganini" tan oldi. "Biz terrorçilar bilan bevosita boğliq bölgan muammolarning yeçimini topişimiz mumkin, biroq jamiyatning bir qismi tomonidan jangarilarni ham, IŞID tarğib qilayotgan ğoyalarning ham qöllab-quvvatlanayotgani masalasini hal qiliş ança qiyinroq, çunki bu muammo çuqurroqdir. Bu holatning oldini oluvçi çoralar kerak, odamlarga ularning turmuşlari uçun ular foydalana oladigan istiqbollar yaratiş zarur", deb aytdi vazir.

Yambon Belgiyadan Fransiyaga terrorçi Saloh Abdisalomning ekstraditsiya qilinişi haqida töxtalib, "uning Fransiyaga yetkazilişi tegişli xavfsizlik çoralari bilan amalga oşirilişini" ma'lum qildi. "Bunda OAV barça telekanallar böyiça jonli reportajlar olib borişi haqida umuman gap bölişi mumkin emas", deb ta'kidlab ötdi Yambon.