12 aprel kuni Kaliforniyada dunyo böylab ijtimoiy tarmoq mahsulotlaridan foydalanuvçi dasturçilar taşrif buyuradigan F8 2016 – Facebookning yillik anjumani öz işini boşladi. 

Unda Facebook top-menejyerlari (Mark Tsukerberg ham ular safiga kiradi) an'anaviy tarzda platformadagi özgarişlarni e'lon qilişadi va texnologiya rivojining kelgusidagi istiqboli haqida ma'lum qilişadi. Bu safar anjumanning birirnçi kunida asosiy mavzular Facebook Messenger uçun çat-bot va boşqa e'lonlarga qaratildi.

Çat-botlar uçun platforma
Microsoft va Telegramlardan söng Facebook ham çat botlar uçun öz platformasini taqim etdi. Endi 2016 yilni çat-botlar yili deb e'lon qilsa ham böladi. Barçasi juda ham Telegram va Quartz naşrining dasturini eslatadi: suhbat boşlangandan söng bot özaro hamjihatlikni amalga oşiriş uçun bir neça variantlarni taklif etadi. Muloqot esa odamlar suhbatiga öxşaş qilib tuzilgan.
Hozirgi kunda bir neça botlarning xizmati mavjud: : CNN va Wall Street Journal botlari xabarlarni jönatişadi, Poncho – esa ob-havo haqida ma'lumot beradi, 1-800-FLOWERS gullarni buyurtma berişga yordamlaşadi va h.k.

Facebook Live istalgan qurilmalarda
Anjumanda Tsukerberg videotranslyatsiya servislari uçun oçiq API Facebook Live işga tuşirilganini ma'lum qildi. Avvallari, Feysbukda mobil qurilmalar uçun efirga uzatiş faqatgina maxsus Facebook Mentions dasturi yordamida amalga oşirilgan bölsa, endilikda boşqa kompaniyalar ham servisga kirib, öz mahsulotlarini joylaş imkoniga ega bölişadi.

Facebook rahbari DJI dronlarining dasturçilari bilan hamkorlikdagi mehnat mahsulini namoyiş etdi: kvadrokopter kamerasini Facebook Live xizmatiga yoqişdi va jonli efir orqali sahnadagi mavzularni translyatsiya qila boşlaşdi. Periscopeni yodga soluvçi Facebook Live yaqindan boşlab boşqa işlab çiqaruvçilarga ham öz xizmatlarini joylaşlari uçun imkon yaratdi. Natijada, töğridan-töğri GoPro kameralari orqali jonli translyatsiyalar amalga oşirildi.

Facebookdan 360 gradusli kamera
Facebook video roliklarga juda katta umid bildirmoqda va buni esa xabarlar tasmasida ularga berilayotgan e'tibordan köriş mumkin. VR közoynaklarining rivojlanişi bilan uç ölçamli va 360 gradusli videolarga urğu beradi.

F8 anjumani uçun kompaniya perimetrga joylaştirilgan 12 obektivga ega Facebook Surround 360 gradusli kamerasini tayyorlab qöygan ekan. Kamera 4K, 6K va 8K sifatidagi videolarni tasvirga oliş qobiliyatiga ega.

Kameradan taşqari, Facebook suratlarni bir- biriga ulaş uçun maxsus dasturni va manba kodini taqdim etadi: kompaniya bu dastur butun ijtimoiy tarmoq videoplatformasini rivojlantirişiga umid boğlaşmoqda. Kameraning narxi haqida hozirça aniq ma'lumot mavjud emas.

Instant Articles barça naşrlar uçun taqdim etildi
Instant Articles – bu tasmadagi yuklangan maqolalarni tez aks ettiriş usuli hisoblanadi. Bu funksiyani Feysbuk foydalanuvçilarining köpçiligi Wired va BuzzFeed sahifalarini tez va osonlik bilan öqiş orqali bilib olişgan.

Instant Articlesda animatsiyalar, katta fotosuratlar, maqolaning xar hil qismlari uçun layk tugmasi mavjud. Ammo “oğir” bölgan ma'lumotlar yuklanmaydi, şuning hisobiga sizning internet trafikingiz tejaladi va Feysbuk sizga tezroq saytni oçib beradi.
12 aprel kunidan boşlab kompaniya barça OAVlari uçun uşbu instrumentdan foydalana oliş imkoniyatini berdi.