Fransiya futbol federatsiyasi terma jamoa hujumçisi Karim Benzemani Yevropa çempionatiga iştirok etadigan tarkibga kiritmaslik böyiça taşkilot prezidenti Noel Le Gre terma jamoa boş murabbiyi Dide Deşamning qarori böyiça tuşuntiriş berib ötdi.
«Qiyin vaziyatda Noel Le Gre va Dide Deşam Karim Benzema masalasiga oydinlik kiritiş masalasida uçraşib olişdi. FFF prezidenti va terma jamoa boş murabbiyi sport natijalari muhimligi, biroq terma jamoaga taklif etilişda alohida ajratib körsatiladigan band emasligini ta'kidlaşdi. Jamoaviy muhitni şakllantirişda futbolçining axloqiy normalari ham hisobga olinişi qayd qilindi», deyiladi federatsiya bergan bayonotda.
Bundan oldinroq, Benzema Fransiya termasining Yevro-2016 uçun tarkibiga kiritilmagani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib ötamiz, Fransiya futbol federatsiyasi Mate Valbuenani şantaj qiliş işi yuzasidan 2015 yilning dekabrida Benzemani terma jamoadan vaqtinça çetlaştirgandi.
Mart oyida esa Fransiya apellyatsion sudi hujumçidan Valbuenaga nisbatan tovlamaçilik işi böyiça nazoratni qisman olib taşlagandi. Şunga qaramay, 28 yoşli hujumçi Fransiyaning Gollandiya va Rossiya termalariga qarşi mart oyida bölib ötgan öyinlariga çaqirilmagan edi.






