Şahzoda Uilyam umr yöldoşi Keyt bilan 10 aprel kuni Hindistonga taşrif buyurişdi va u yerda kriket böyiça xayriya öyinida qatnaşişdi.
Keyt bu tadbirda Dongre ismli hind dizaynerining yozgi kolleksiyasidan bölgan yengil köylagini kiyib keldi. Bu köylak uning uçun bir oz özgartirilgan edi.

Ta'kidlanişiça, qirollik oilasi a'zosining uşbu köylakdagi suratlari tarmoqda bir neça soatdan keyin tarqalgan va dizaynerning sayti işlamay qolgan. Çunki xuddi şunday kiyimni xarid qiliş uçun juda ham köp qönğiroqlar va elektron xatlar unga kela boşlagan.
Bundan taşqari, buyurtmalar Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va AQŞ mamlakatlaridan ham kelgan. Bir oz vaqt ötib uning sayti yana işlay boşlagan.
Dongrening sözlariga köra, Keyt uning köylagini kiyişini bilmagan va şahzoda Uilyam turmuş örtoğining kriket öyinidan olingan suratlari u uçun katta sovğa bölgan.
Xabar berilişiça, gersoginya Keyt kiygan köylak 14 ming hind rupiysi, ya'ni 210 dollar etib baholangan.









