Kolumbiya hududiy suvlarida qölga olingan suvosti kemasi bortidan 5,8 tonna kokain musodara qilingan.
Terra Colombia naşri xabariga köra, giyohvand moddalar kontrabandasiga qarşi maxsus amaliyot respublika va AQŞ harbiy dengiz kuçlari tomonidan ötkazilgan.
Suvosti kemasi Ekvador çegarasidan 250 dengiz mil (463 km) uzoqlikda, Tinç okeani hududida tutib olingan.
«Kemani 4 kişi, 3 nafar kolumbiyalik va bir meksikalik boşqargan», — deb Kolumbiya harbiy dengiz kuçlari ma'lumotini keltiradi INFO7 portali. Ularning barçasi hibsga olingan.
26 mart kuni AQŞ bojxona nazorati va çegara xizmati xodimlari Tinç okeani sohillarida halokatga uçrayotgan suvosti kemasini aniqlaşgan edi. Kiçik suvosi kemasi salkam 200 million dollarlik 5,5 tonna kokainni kötara olmay, suvga ğarq bölayotgan vaqtda qutqarildi. Bortdagi ekipaj a'zolari qölga olingan.
2015 yilning iyul oyida amerikaliklarning sa'y-harakati bilan Salvador sohillari yaqinida bortida 7,65 tonna kokain olib ketayotgan kema qölga olingan edi. Noqonuniy yuk qiymati bir neça yuz million dollarga baholangandi. Giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilingan 4 kişi qölga olingan.
The Independent naşrining yozişiça, 2015 yilda Amerika dengiz qöriqlaş xizmati xodimlari kokain kontrabandasiga qarşi 200ga yaqin amaliyotda qatnaşgan. Amaliyotlar davomida 96 tonna giyohvand modda musodara qilingan edi.






