Namangan viloyati, Uyçi tumanida yaşovçi fuqaro, 1982 yilda tuğilgan M.B. taniş-biliş fuqarolardan mis hamda rangli metallarni arzon narxlarga sotib olib, yiğib yurdi. U metallarni sotib foyda olişni közlagan edi. Bu haqda “Huquq olamida” naşri yozgan.

U qilayotgan işi noqonuniy ekanligini bilgan, u töplagan aşyolarini özi sotmay, tanişlari orqali bozorga olib çiqmoqçi böldi. Yangiqörğon tumanida yaşovçi tanişi X.Yu.dan iltimos qilib, barça metall va mislarni uning uyiga olib borib taşlaydi. Ammo köp ötmay X.Yu. undan uyidagi metallarni olib ketişini, bu noqonuniy ekanligini aytdi.

M.B. rangli temir va mislarni olib keliş uçun Yangiqörğon tumaniga yöl oldi. Haydovçi I.X.ga tegişli bölgan “Damas” avtomaşinasida Yangiqörğonga kelişdi.

Bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan töxtatilib, tekşirilgan 991 kg. oğirlikdagi umumiy narxi 3.051.918 söm bölgan uşbu rangli metallar qonunga xilof ravişda olib ketilayotganligi aniqlandi.