Qozoğiston parlamentining sobiq va amaldagi deputatlari 11 ming şişa vino, aroq, viski, konyak va şampan vinolari xarid qilingani haqidagi xabarlar böyiça «NewTimes.kz» agentligiga öz izohlarini berişmoqda.
Agentlik söroqqa tutgan deputatlarning aksari, parlamentda içmaganini yoki umuman içmasligini ta'kidlaşgan. Ular hatto, bunday yirik miqdorda alkogolli içimlik, aynan parlament ehtiyojlari uçun xarid qilinişini bilmasliklarini aytişgan.
Sobiq deputatlardan biri bunday savollarga umuman javob bermasligini qat'iy ohangda ta'kidlab qöya qolgan.
«Qozoğiston respublikasi parlamenti xöjalik işlari boşqarmasi tomonidan 11 ming şişa spirtli içimlik xarid qilinişi deputatlar jamoasiga möljallanmagan», deydi majilismen Serik Seydumanov.
«Töğrisini aytganda, bu xabar biz uçun ham yangilik. Şunday xaridlar bölişi va mavjudligi bizning hatto tuşimizga ham kirmagan», - degan parlament a'zosi.
«Aytaylik, uşbu içimliklar rasmiy qabullar uçundir. Ammo, unçalik ham köp bölmaydigan qabullarga bu darajada köp miqdorda alkogol talab etilmaydi», ― deb fikr yuritadi Seydumanov.
«Qozoğiston parlamenti ma'muriy binolari va xöjalik işlari direksiyasi» davlat korxonasi xöjalik maqsadlarida alkogolli içimliklar xarid qiliş böyiça bozorni örganayotgani xaqidagi xabarlar turli maşmaşalarga sabab böldi.
NUR.KZ naşrining eng sodda hisob-kitoblariga köra, eng arzon spirtli içimlik buyurtma qilinganda ham, 7 612 litr uçun 15 million tenge (44370 AQŞ dollari) kerak böladi.






