Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri Adham Ahmadboyev ŞHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining yiğilişida qatnaşiş uçun Özbekistonga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi a'zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Go Şenkun bilan uçraşdi.

Muloqot çoğida özaro hurmat va işonç tamoyillariga asoslangan Özbekiston – Xitoy munosabatlari turli yönalişlarda izçil rivojlanib borayotgani ta'kidlandi. Bunda ikki davlat rahbarlari uçraşuvlarida erişilgan kelişuvlar muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş borasidagi özaro hamkorlikning asosiy yönalişi turli tahdid va xavf-xatarlarga birgalikda qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlarni yanada faollaştirişdan iboratdir. Özbekiston va Xitoy mintaqada, dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaşga muhim hissa qöşayotgan Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratmoqda.

Uçraşuvda Özbekiston prezidenti Islom Karimov rahnamoligida Özbekistonda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, fuqarolar osoyiştaligini ta'minlaşga qaratilayotgan keng kölamli işlar yuksak samaralar berayotgani alohida qayd etildi.

Tadbirda terrorizm, ekstremizm va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişi bilan boğliq jinoyatlarga qarşi kuraşişda özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi örtasida 2016-2017 yillarda hamkorlikni yanada rivojlantiriş töğrisida Protokol imzolandi.