Papua-Yangi Gvineya orol davlati ğarbida kiçik ölçamdagi yölovçi samolyoti falokatga uçradi. Oqibatida samolyot uçuvçisi va barça 11 nafar yölovçi halok bölgan, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Sunbird Aviation mahalliy aviakompaniyasi samolyoti Kiunga şahri aeroportiga qönişiga biroz qolganda botqoqlikqa qulagan. Şifoxonaga yetkazilgan 3 kişi ölik deb topilgan.

OAV ma'lumotlariga köra, falokatga samolyot dvigateli işlamay qolgani sabab bölgan bölişi mumkin. Ma'lum qilinişiça, samolyot uçuvçisi Avstraliya fuqarosi bölgan.

Yozuvçi va faol Martin Namorong feysbukda samolyot havoga kötarilgan Oksampin aholi punkti Star toğlarida joylaşgani va u yerga faqatgina havo orqali boriş mumkinligini yozgan. Şuning tufayli u yerga Kuinga orqali boriladi.