Qirğiziston Taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev Islom hamkorlik taşkiloti a'zolari bölgan mamlakatlarni xalqaro terrorizmga qarşi birgalikda kuraşişga çaqirdi. U Turkiyada ötayotgan Islom hamkorlik taşkilotining XIII Sammitida iştirok etmoqda. Bu haqda Interfaks agentligi xabar tarqatgan.
"IHT mamlakatlari birinçi navbatda musulmon dunyosiga xavf solayotgan xalqaro terrorizm muammosiga qarşi kuraş uçun birlaşişi kerak. Qirğiziston musulmon mamlakatlar yetakçilarini xalqaro miqyosdagi tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş uçun tinç yöl bilan olib borayotgan harakatlarini qöllab-quvvatlaydi", degan Abdildayev.
Qirğiziston TIV rahbari şuningdek, musulmon mamlakatlaridagi biznesmenlarni öz mamlakati bilan hamkorlik qilişga çaqirgan. Abdildayev Qirğizistonda biznes yuritiş uçun jozibali şaroitlar muhayyo etilganini ta'kidlagan.
Bundan oldinroq, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev sammitda iştirok etiş uçun Istanbulga yetib kelgani ma'lum qilingandi.






