Rossiyada muhojir ega INN (STIR) - soliq tölovçining idjyentifikatsion raqami haqidagi ma'lumot Rossiya Soliq qömitasida mavjudligiga qaramasdan, çet el fuqarolari Migratsiya masalalari bilan şuğullanuvçi markazga murojaat etişlari şart. Çunki, 28 mart sanasidan boşlab, patent uçun tölovni amalga oşirayotgan vaqtda, INN raqami körsatilmasa, patent uçun tölov hisobga olinmaydi, va, tabiiyki, patent bekor qilinadi. Bu haqda Sputnik naşri xabar bermoqda.
"Migratsiya XXI asr" jamğarmasi prezidenti Vyaçeslav Postavnin mana şu "taşabbus" sabab migratsiya xizmati yöq qilinganini aytmoqda. "FMSga nima uçun murojaat qiliş kerakligi — men uçun jumboq. Nazarimda, ular mana şu INN tufayli katta muammolarni yaratişgan", dedi u.
Ekspert fikriga köra, INN bilan boğliq taşabbus puxta işlanmagan va bu FMS “piar aksiyasi” bölişi ham mumkin. Ya'ni, migratsiya xizmati “işlamaydigan tizim” yordamida göyoki faoliyat yuritayotganday "köriniş"ni vujudga keltirmoqçi.
"INN öz-özidan heç narsa bermaydi. Agar u bir neça yil davomida nazorat olib borsa va u yerga tölangan soliqlar töğrisida barça ma'lumotlar kiritilsa, bu boşqa gap. Agar INN faqat patent oliş uçun kerak bölsa, bu nimaga kerak, men umuman tuşunmayman”, deb ta'kidladi Postavnin.
“Dobrososedstvo” Xalqaro aloqalarni rivojlantiriş jamğarmasi rahbari Yuriy Moskovskiy esa bu borada Postavnindan farqli ölaroq, u qadar keskin fikrdamas. Bundan taşqari, u, FMS qarorini zarurat deb baholadi. “INN ham Rossiya, ham çet el fuqarosi uçun kerak”, ta'kidladi u.
INN borasida Sizda tuğilgan har qanday savol böyiça patent olgan joy — Migratsiya markaziga murojaat qiling. Özingiz bilan pasport, patent, tölagan tölovlaringiz çeklarini, registratsiya, INN guvohnomasini olişni tavsiya etamiz.
Ekspertlar fikriga köra, hozirda vujudga kelayotgan muammolar muassasalarning özaro muvofiqlaşmagan holda faoliyat olib borayotgani natijasidir.
"Odamlarni yugurtirmaslik uçun FMS va Soliq inspeksiyasi hamda boşqa idoralar ma'lumotlar bazasi mujassamlaştirilgan bölişi lozim. Elektron bazalar paydo bölganiga unçalik köp vaqt bölgani yöq, ammo biz ular xuddi yuz yil oldin taşkil qilingandek e'tiroz bildiryapmiz. Tizim mukammallaştirilmoqda, ammo bu jarayon davomida, afsuski, odamlar jabr körmoqda”, deb ta'kidladi u.
Eslatib ötamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan Migratsiya xizmati mustaqil muassasa sifatida yöq qilindi va markaz içki işlar vazirligiga böysundirildi. 13 aprelda Rossiya içki işlar vazirligining migratsiya masalalari böyiça boş boşqarmasiga polkovnik Olga Kirillova boşliq etib tayinlangani ma'lum qilindi.






