Yaponiyaning Özbekistondagi elçisi Fumixiko Kato va dipmissiyaning birinçi kotibi Soiçiro Toyoşimo Buxoro viloyatiga bordi.
Taşrif dasturiga asosan, mehmonlar Kogon şahridagi A. Qodiriy nomli mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan marhum yapon harbiy asirlari mangu qönim topgan “Birodarlik” qabristonida bölişdi.
Şundan söng ular Buxoro davlat universiteti binosida joylaşgan Özbek-Yaponiya markaziga taşrif buyurişdi. Delegatsiya a'zolari universitetning yangi binosida markaz uçun yaratilgan şart-şaroitlar, öquv xonalari, öquv dasturlari bilan tanişib, markazning kelgusi rejalari haqida fikr almaşişdi.
"Mehmonlar şaharning diqqatga sazovor joylari bilan taniştirildi", deb xabar beradi Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.






