Madridning «Real» jamoasining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi direktori, sobiq futbolçi Emilio Butrageno YeÇLning yarim finalida yetarliça kuçli bölgan jamoaga qarşi öynaşiga töğri kelişini aytdi. Biroz oldinroq ötkazilgan qur'a natijasiga köra, «Qirollik klubi» Angliyaning «Mançester Siti» jamoasiga qarşi öynaydigan böldi.

«Bu ikki teng jamoaning qarama-qarşiligi böladi. Ikki jamoada ham yuqori saviyadagi futbolçilar töp surişadi. «Mançester Siti» — juda kuçli raqib. Ular Çempionlar ligasining yarimfinaliga ilk marta yöl olişdi va endi ular katta iştiyoq bilan harakat qilişadi. Biz finalga çiqişni istasak, diqqatni yöqotmagan holda öyinlarga tayyorlanişimiz kerak böladi. Ba'zilar bizning omadimiz kelgani haqida aytişmoqda. Undaylar ötgan yili ham «Yuventus»ning tuşişi «Real»ga osonlik keltirgani haqida aytişgandi. Lekin bu jamoa bizni turnirdan çiqarib yuborişgandi. Yarimfinalda kuçsiz jamoalar bölmaydi, — deya Butragenoning sözlarini keltiradi AS naşri.

Madridliklarning mançesterliklarga qarşi ilk uçraşuvi safarda, 26 aprel kuni bölib ötadi. Javob uçraşuvi 4 mayga belgilangan.