Walt Disney Pictures kompaniyasi Piter Pen haqida töliq metrajli film suratga oladi, deb xabar beradi Variety naşri. Mazkur kartina rejissyori disneyning boşqa bir remeyk filmi – “Pit va ajdarho” orqali tanilgan Devid Louridir.
Ilk bora “Piter Pen” animatsion kartinasi 1953 yilda ekranga çiqqan bölib, bu Jyeyms Metyu Barri ertaklari orasida eng muvaffaqiyatli ekranlaştirilgan filmdir.
Şuningdek, keyinçalik bu ertak asosida Robin Uilyams iştirokidagi “Kapitan Kryuk” (1991) va Xyu Jyekman ijrosidagi “Pen: Netlandiyaga sayohat” kabi filmlar ham namoyiş etilgan.
Disney avvalroq, özining multfilmlari asosida “Oppoğoy”, “Malefisenta”, “Alisa möjizalar mamlakatida” va “Örmon kitobi” kabi filmlarni ham suratga olgan.
Ma'lumotlarga köra, Disney Redyard Kipling asari asosida “Örmon kitobi-2” filmini suratga olişni rejalaştirgan. Biroq filmning ikkinçi qismida ham boş qahramon Maugli rolini Nil Setxi ijro etişi hozirça noma'lum.







