Kim Çen In milliy bayram, KXDR asosçisi Kim Ir Sen tuğilgan kunining 104 yilligi munosabati bilan Kimsusan qasriga bordi. Şimoliy Koreya davlat rahbari xalq armiyasi qömondonlik tarkibi hamrohligida saroyga taşrif buyurgan.

Uning nomidan saroydagi ikki generalissimus - Kim Ir Sen va Kim Çen Ir haykallari poyiga gulçambarlar qöyilgan. Parlament deputatlari esa, barça koreyslar uşbu yodgorlik majmuasini, millat şon-şarafi va ğururi timsoli, muqaddas ziyoratgoh sifatida kelib körişlari lozim degan qarorni qabul qilişdi.

"Şu munosabat bilan KXDR poytaxti Pxenyanda tantanali yiğiliş bölib ötdi", deb xabar qilmoqda KMTA (Koreya markaziy telegraf agentligi).

Unda, vatan hamda Koreya xalq armiyasi oldidagi yuksak xizmatlari uçun uç nafar yuqori lavozimli harbiylarga vitse-marşal va marşal unvonlari taqdim etilgan. Butun mamlakat böylab "Kim Ir Sendek yaşab, kuraşamiz" şiori ostida ommaviy sayllar bölib ötmoqda.

KXDR konstitutsiyasiga köra, Kim Ir Sen xalq respublikasining "abadiy prezident"i hisoblanadi. U 1994 yilda vafot etganidan söng, uç yillik motam e'lon qilingan edi. Pxenyan stadioni, boş maydoni va universiteti Kim Ir Sen şarafiga nomlangan.