5 apreldan 15 aprelga qadar Möğuliston poytaxti Ulan-Bator şahrida şaxmast böyiça ösmirlar örtasida Osiyo birinçiligi musobaqasi ötkazildi. Musobaqada 17 davlat: Hindiston, Özbekiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Xitoy, BAA, Vetnam, Yaman, Indoneziya, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Malayziya, Janubiy Koreya, Singapur, Turkmaniston va Şri Lankadan kelgan şaxmatçilar qatnaşdi.

Osiyo çempionati yakunlariga muvofiq özbekistonlik şaxmatçilar jami 9 ta medalni qölga kiritişdi. Bu haqda Özbekiston şaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 6 yoşgaça bölgan ösmirlar içida Begmurotov Humoyun bitta, 14 yoşgaça bölgan ösmirlar içida Yoqubboyev Nodirbek ikkita (blits va odatiy yönalişida), Nigmatov Ortiq 16 yoşgaça bölgan ösmirlar içida bitta (rapid yönalişida) oltin medallarni qölga kiritişdi.

6 yoşgaça bölgan ösmirlar içida Begmurotov Humoyun rapid yönalişida, 8 yoşgaça bölgan ösmirlar içida Xaitov Maşhur,14 yoşgaça bölgan ösmirlar içida Yoqubboyev Nodirbek kumuş medallarni qölga kiritgan bölsa, ikkita bronza medalni Abdisalimov Abdimalik odatiy va rapid yönalişlari böyiça qölga kiritdi.