Panama rahbariyati bank va soliqqa oid ma'lumotlarni avtomatik ravişda almaşuvçi xalqaro tizimga qöşiladigan böldi. Bu haqda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) rahbari Anxel Gurria Vaşingtonda bölib ötgan matbuot anjumani çoğida bayonot bergan.
Panama hukumati Xalqaro Valyuta Jamğarmasi va Jahon banki rahbar organlarining bahorgi sessiyasi arafasida soliq hisobotiga oid barça xalqaro hujjatlarga amal qilişga qaror qilgan.
IHTT rahbari uşbu yangilikni olqişlab, Panama rahbariyatining qarorini ofşor mojarosidagi ijobiy siljiş deb baholadi. Bundan avvalroq, Panama hukumati soliqqa oid ma'lumotlar bilan almaşiş xalqaro tizimiga qöşilişni keskin rad etib kelar edi.
Vaşingtonda joylaşgan jurnalistik suriştiruvlar ötkaziş xalqaro konsorsiumi (ICIJ), 3 aprel kuni 11,5 milliondan ortiq sahifadan iborat ma'lumotlarni oşkor qilgan edi. Unda amaldagi va sobiq davlat rahbarlarining ofşor bitimlariga oid axborotlar jamlangandi.






