Kuvayt parlamenti, mamlakatdagi xorijiy fuqarolar va biznes vakillari uçun suv hamda elektr energiyasi narxini kötarişga ruxsat beruvçi qonun loyihasini tasdiqladi. Parlamentning 31 nafar a'zosi qonun loyihasini ma'qullagan bölsa, 17 nafari unga qarşi çiqişgan. Yana ikki haftadan söng, loyiha böyiça ikkinçi va sönggi marotaba ovoz beriş jarayoni bölib ötadi.

Kuvayt qonun çiqaruvçi organi dastlab loyihani rad etgan, ammo mahalliy fuqarolarga nisbatan narxlar özgarmasligi xususidagi band kiritilgaç, loyiha muhokamasini boşlagan edi.

Agar loyiha ikkinçi ovoz beriş jarayonida ham, tasdiqlangudek bölsa, Kuvayt sönggi 50 yilda ilk marta elektr energiyasi narxini oşiradi. Aytiş joizki, neft eksport qiluvçi boşqa davlatlar kabi Kuvaytning qora oltin eksportidan köradigan daromadi keskin pasayib ketdi.

Loyiha, asosan xorijliklar istiqomat qiladigan köp qavatli xonadonlar uçun elektr haqini hozirgi 1 kilovatt uçun belgilangan ikki fil (0.7 sent)dan 15 fil (5 sent) ga oşirişni közda tutadi. Tijorat maqsadida foydalanilgan har bir kilovatt narxi esa 25 fil (8 sent)gaça kötariladi.

Suv narxi ham xuddi şunday deyarli ikki martaga oşiriladi.