Rossiya hukumati Qirğiziston bilan neft va neft mahsulotlarini bojxona tölovlarisiz yetkazib beriş böyiça kelişuv loyihasini ma'qulladi.
Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev 2016 yilning 9 aprelida şu mazmundagi buyruqqa imzo çekkan.
Unga köra, RF energetika vazirligi TIV iştirokida Qirğiziston tomoni bilan muzokaralar ötkazib, uşbu bitimni imzolaşi kerak.
Hujjatga muvofiq, Rossiyadan Qirğiziston içki iste'moli uçun eksport qilinayotgan neft va neft mahsulotlaridan bojxona tölovlari olinmaydi.
Bojxona tölovlarisiz yetkazib beriladigan mahsulot hajmi 2016 yil 31 dekabriga qadar tasdiqlanişi rejalaştirilgan.
Belgilangan me'yordan ortiğiga bojxona tölovi joriy etiladi.
Qayta eksport qiliş hollari qayd etilgan hamda özaro manfaatli kelişuvlarga erişilmagan taqdirda Rossiya tomoni bojxona tölovlarisiz neft mahsulotlari yetkazib berişni töxtatişi mumkin.
Bu qoida YeOIIning (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) boşqa davlatlaridan kirib kelgan, ammo Rossiyada işlab çiqarilgan neft mahsulotlariga ham tegişlidir.
Rossiya Qirğizistonga yoqilği-moylaş mahsulotlariga bölgan jami ehtiyojining (yiliga 1 mln tonnaga yaqin) 90 foizini yetkazib beradi. 2010 yilgaça neft mahsulotlari imtiyozli asosda yetkazib berilgan, şundan söng, Rossiya 100 foizlik bojxona tölovlarini joriy qilgan edi.






