Ar-Riyodda Malayziya boş vaziri Najib Razzoqning şaxsiy hisob raqamiga homiylik yordami sifatida ma'lum miqdordagi mablağ ötkazilgani tasdiqlandi. Bernama agentligining ma'lum qilişiça, bu haqda malayziyalik jurnalistlarga Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildi.

"Buning orqasida heç narsa yöq, biz buning evaziga biror narsa kutmagandik. Malayziya boş prokuraturasi tergov natijalariga köra heç qanday jinoyat izlarini aniqlamaganidan xabardormiz. Ar-Riyodda "bu masala yopiq" deb hisoblanmoqda", deb aytdi al-Jubayr.

Avvalroq Malayziya boş vaziri devonxonasidagi vazir Azalina Otman Said "2,6 mlrd ringit (630 mln dollar) miqdoridagi mablağ Saudiya Arabistonidan biror-bir şartsiz ötkazilganini" ma'lum qilgandi. Uning aytişiça, "Najib Razzoq 2013 yil avgustda 2,03 mlrd ringit (500 mln dollar) miqdoridagi işlatilmagan mablağni Ar-Riyodga qaytarib bergan".

Malayziya boş vaziri hisob raqamida katta pullar borligi haqida birinçi marta 2015 yilning örtalarida Wall Street Journal ma'lum qildi. Maqola mualliflari Najib Razzoq davlat investitsion fondi bilan boğliq kompaniyalardan pullar olganini ta'kidlaşgan. Dastlab Najib Razzoq atrofi buni rad etgan, biroq jamoatçilik va muxolifat bosimi ostida Malayziyaning Aksilkorruptsion boşqarmasi, Markaziy banki, boş prokuraturasi, politsiyasi vakillaridan taşkil topgan guruh tergov ötkazgan. Natijada körsatilgan mablağlar haqiqatan ham Najib Razzoq hisob raqamida aniqlangan.

Biroq Najib Razzoqning tuşuntirişiça, "mablağlar na davlat investitsion fondi, na boşqa jamoat taşkilotlarining pullari hisoblanadi". Razzoq pullar Yaqin Şarqdagi homiylardan u boşqaradigan yetakçi Birlaşgan malay milliy taşkiloti ehtiyojlari uçun olingan.