Toşkentda 2016-yil 13-14-aprel kunlari Özbekiston Respublikasi raisligida Şanxay hamkorlik taşkilotiga (ŞHT) a'zo davlatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining ön birinçi yiğilişi bölib ötdi, deb yozmoqda Özbekiston Respublikasi TIV rasmiy sayti. 

Unda Qozoğiston Respublikasi Prezidentining yordamçisi – Xavfsizlik kengaşi kotibi N.Ermekbayev, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi a'zosi Go Şenkun, Qirğiziston Respublikasi Mudofaa kengaşi kotibi T.Jumaqodirov, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi kotibi N.Patruşev, Tojikiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşi kotibi A.Qahhorov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V.Mahmudov, şuningdek, Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi R.Alimov va ŞHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Ijroiya qömitasi direktori Y.Sisoyev iştirok etdi.

Döstona va amaliy ruhda ötgan yiğilişda ŞHT hududida xavfsizlik hamda barqarorlikni ta'minlaşga doir dolzarb masalalar, terrorizm, separatizm, ekstremizm, qurol-yaroğ va narkotiklarning noqonuniy aylanişi, transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, şuningdek, xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlaş borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş va birgalikda harakat qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Xalqaro terrorizm va ekstremizmning barça körinişlariga barça davlatlarning birgalikdagi kuraşi orqali barham beriş mumkinligi haqida yakdil fikr bildirildi.

Iştirokçilar 2016-yil 23-24-iyunda Toşkent şahrida ötkaziladigan Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining yiğilişiga tayyorgarlik işlari haqida Özbekiston tomonining axborotini tingladi. ŞHTning bölajak sammiti taşkilotning şartnomaviy-huquqiy asosini takomillaştiriş va xavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kuçaytirişda muhim bosqiç bölişi ta'kidlandi.

Yiğilişda Toşkent şahrida ötadigan sammitda qabul qilinişi közda tutilayotgan ŞHTning ekstremizmga qarşi kuraşiş konvensiyasi, ŞHTga a'zo davlatlar hukumatlari örtasida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça 2016-2020-yillarga möljallangan hamkorlik töğrisidagi bitimni amalga oşirişga doir tadbirlar rejasi, ŞHTga a'zo davlatlarning narkotiklarga qarşi kuraşiş böyiça 2017-2022-yillarga möljallangan strategiyasi va uni bajariş böyiça Harakat dasturi loyihalarini imkon qadar tezroq kelişib oliş muhimligi qayd etildi.
Yiğiliş iştirokçilari Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi va MATT Ijroiya qömitasi direktorining taşkilotning xavfsizlik sohasidagi faoliyati töğrisida axborotlarini tingladi va ma'lumot uçun qabul qildi.

Yiğiliş yakuni böyiça Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining ön birinçi yiğilişi protokoli imzolandi.