Rossiyaning uçta telekanali – "Retro", "Kinoklub" va RTG TV kanallari Ukrainada taqiqlab qöyildi. Bunday qaror Ukrainaning televideniye va radioeşittiruv masalalari böyiça Milliy kengaşida qabul qilindi, deb xabar berdi FlashCrimea naşri.

"Rossiyaning RTG TV (Russian Travel Guide), "Retro" va "Kinoklub" telekanallari Milliy kengaş qarori bilan 14 aprelda mazmuni Yevropaning transçegaraviy televideniye haqidagi konvensiyasi va Ukraina qonunçiligi talablariga javob beruvçi xorijiy dasturlar röyxatidan çiqarildi", deyildi Milliy kengaş matbuot xizmatida.

Ta'kidlanişiça, "Retro" va "Kinoklub" telekanallarida Ukrainaning milliy xavfsizligiga tahdid soluvçi kişilar, jumladan Sergey Bezrukov, Jyerar Deparde, Mixail Boyarskiy, Fyodor Bondarçuk iştirokidagi filmlar namoyiş qilingani qayd qilingan.