XXR mudofaa vazirligi e'lon qilgan bayonotga köra, AQŞ va Filippin harbiy kuçlarining janubiy Xitoy dengizida hamkorlikda patrullik amaliyotini ötkazişi, uşbu hudud barqarorligini izdan çiqarişi mumkin.
"Bu holat, mintaqada harbiy tayyorgarlik jarayoni kuçayişiga turtki berişi tufayli, tinçlik va barqarorlikka salbiy ta'sir körsatadi", - deb bayonotdan iqtibos keltiradi Sinxua axborot agentligi.
"Mamlakat qurolli kuçlari vaziyatni diqqat bilan kuzatib, Xitoyning hududiy suvereniteti va uşbu dengizdagi manfaatlarini qat'iy ravişda himoya qiladi", -deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida.
14 aprel kuni AQŞ mudofaa vaziri Eşton Karter mamlakat qurolli kuçlari Filippin bilan hamkorlikda Janubiy Xitoy dengizida patrullik qilişini bildirgan edi. Uning sözlariga köra, Amerikaning Filippindagi Klark harbiy havo kuçlari bazasiga AQŞdan 300 nafar harbiy xizmatçi, bir neçta jangovar samolyot va vertolyotlar taşlangan.
Xitoy bir neça ön yillardan beri, Janubiy Xitoy dengizidagi qator orollarga egaligi borasida mintaqa mamlakatlari bilan tortişib keladi. Bunga uşbu orollar şelfida yirik miqdorda zaxiraga ega neft konlari oçilgani sabab bölmoqda.
Mazkur mintaqadagi hududiy ziddiyatda, Vetnam, Bruney, Malayziya va Filippin ham öz manfaatlarini talab qilmoqda.






