AQŞ rahbariyati BAA tomonidan "Al-Qoida"ning Yamanga örnaşib olgan guruhiga qarşi amalga oşiriladigan harbiy harakatlarda Amerika yordamini sörab qilingan murojaatni körib çiqmoqda.

BAA hukumati jangovar harakatlar vaqtida Pentagon kuçlari yordam berişi maqsadga muvofiq bölişiga işonç bildirgan.

Reuters agentligining xabar qilişiça, Fors körfazi davlatlari birlaşgan qurolli kuçlari, Charlie Hebdo jurnali idorasiga uyuştirilgan hujumni öz zimmasiga olgan terrorçilar guruhiga qarşi zarbalar beriş niyatida.

BAA AQŞdan qidiruv-qutqaruv hamda yaradorlarni köçiriş işlarida yordam berişini söramoqda. Şuningdek, AQŞ rasmiylarining bildirişiça, ulardan harbiy-havo kuçlari, razvedka va moddiy texnika vositalari bilan ta'minlaşlarini söraşgan.

Vaşington BAAning iltimosini Fors körfazi davlat rahbarlarining sammitigaça körib çiqadi. Oq uy rahbari Barak Obama ham mazkur anjumanda iştirok etişi kutilmoqda. Uşbu sammitda Yamandagi vaziyat ham keng muhokama etilişi rejalaştirilgan.